“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlari Yosh xodimlari o‘rtasida sportning “Yengil atletika” turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘lom turmush
tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi farmoni, Ichki ishlar vazirligining “Ichki ishlar organlarida ommaviy
sportni rivojlantirish va sog‘lom ovqatlanish turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha
chora-tadbirlar dasturi”, Ichki ishlar vazirining 2024 yil 04 aprel hamda viloyat
ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining 2024 yil 25 aprel kunidagi “Ichki ishlar
organlarining yosh xodimlari va harbiy xizmatchilari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini
kuchaytirish orqali istiqbolli yosh kadrlarni aniqlash hamda yosh xodimlarning bo‘sh
vaqtini mazmunli tashkil etish, iqtidor va qobiliyatlarini yanada qo‘llab-quvvatlashga
qaratilgan “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2024 yilgi mavsumi alohida kalendar-reja
asosida tashkil etilishi va o‘tkazilishi yuzasidan tasdiqlangan tegishli farmoyishiga
asosan, viloyat ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan yosh xodimlar o‘rtasida
“Yengil atletika” sport musobaqasi tashkil etildi.
Ushbu musobaqada boshqarmaning sohaviy xizmatlari va barcha
shahar-tuman IIBlari yosh xodimlaridan tashkil topgan jamoalar ishtirok etishdi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar boshqarma boshlig‘ining
diplom hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Albatta bu kabi tadbirlarni muntazam ravishda o‘tkazib borish,
tizimda xizmat qilayotgan yosh xodimlarni jismoniy va jangovar shayligini yanada
oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.