“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlari Yosh xodimlari o‘rtasida sportning “Suzish” turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish,
aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ayniqsa yoshlar orasida
sportni ommalashtirish va bu orqali mamlakatimizning xalqaro sport maydonlarida
munosib ishtirokini ta’minlash borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu jumladan 5 ta muhim tashabbusning 2-tashabbusi “Yoshlarni jismoniy chiniqtirish,
ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish”
maqsad qilingan. Bu borada ichki ishlar organlari yosh xodimlari o‘rtasida ham ommaviy
sportni rivojlantirish, ularning jismoniy faolliklarini yanada oshirish, xodimlar
o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda Ichki ishlar vazirining hamda
viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining “ichki ishlar organlarining yosh
xodimlari va harbiy xizmatchilari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini kuchaytirish
orqali yosh istiqbolli yosh kadrlarni aniqlash hamda yosh xodimlarning bo‘sh vaqtini
mazmunli tashkil etish, iqtidor va qobiliyatlarini yanada qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan
“Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2024 yilgi mavsumi alohida kalendar-reja asosida
tashkil etilishi va o‘tkazilishi yuzasidan tasdiqlangan tegishli farmoyishiga asosan,
suzish sport turi bo‘yicha xodimlarni saralash va iqtidorlilarini tanlab olish maqsadida,
viloyat ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan xodimlar o‘rtasida “Suzish”
sport turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
Tashkil etilgan ushbu musobaqalarda viloyat ichki ishlar
boshqarmasining sohaviy xizmatlari hamda barcha shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlari
yosh xodimlaridan tashkil topgan jamoalari ishtirok etishdi.
Uchrashuv yakunida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik
Sherzod Shadiev so‘zga chiqib, bugungi kunda muhtaram Prezidentimiz tomonidan ichki
ishlar organlari tizimiga yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida to‘xtalib, o‘tkaztilgan
ushbu musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalarni tabriklab, g‘olib va sovrindorlarni
viloyat IIB boshlig‘ining diplom hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirladi.