24 May 2024 yil 602

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlari yosh xodimlari o‘rtasida “Eng yaxshi mergan” sport musobaqasi o‘tkazildi.

Ushbu musobaqa O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2024 yil 4 aprel kunidagi hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining joriy yil 25 aprel kunidagi ichki ishlar organlarining yosh xodimlari va xarbiy xizmatchilari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini kuchaytirish orqali yosh istiqbolli yosh kadrlarni aniqlash hamda yosh xodimlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, iqtidor va qobiliyatlarini yanada qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2024 yilgi mavsumi alohida kalendar-reja asosida tashkil etilishi va o‘tkazilishi yuzasidan tasdiqlangan tegishli farmoyishiga asosan bugun viloyat ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan yosh xodim va xodimalar o‘rtasida “Eng yaxshi mergan” sport musobaqasi tashkil etildi.

Ushbu musobaqada boshqarmaning sohaviy xizmatlari va barcha shahar-tuman IIBlari yosh xodimlaridan tashkil topgan jamoalar ishtirok etishdi.

Qizg‘in bellashuvlarga boy kechgan musobaqa yakuniy natijalariga ko‘ra, 3 o‘rinni Termiz tumani ichki ishlar bo‘limi jamoasi, 2 o‘rinni viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Patrul-post xizmati bataloni jamoasi qo‘lga kiritgan bo‘lsa, musobaqaning mutloq g‘olibligini Boysun tumani ichki ishlar bo‘limi jamoasiga nasib etdi.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlarga boshqarma boshlig‘ining diplom, medal hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sherzod Shadiev tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

Text to speech