21 Noyabr 2020 yil 545

Bayrog'ing - qoshingda hilpirar!

Bugun IIV Surxondaryo akademik liseyida ham davlat ramzi sanalmish O'zbekiston Respublikasi bayrog'i qabul qilingan kun munosabati bilan tadbir bo'lib o'tdi.
Unda liseyning 2-bosqich o'quvchilari tomonidan bayrog'imiz ranglari, uning tarixi haqidagi chiqishlar, sahna ko'rinishlari namoyish etildi. Vatan, ona yurt, hamisha ko'ksimizni g'ururga to'ldirib turadigan bayrog'imiz haqida she'rlar o'qildi.
Tadbir nihoyasida faol ishtirok etgan o'quvchilar akademik lisey ma'muriyati tomonidan faxriy yorliq bilan taqdirlandi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati.

Text to speech