Bankdan kiber jinoyat yo‘li orqali pul o‘margan talabalar qo‘lga olindi
Termiz shahri “Tuproqqo‘rg‘on” maxallasida yashovchi fuqaro “102” xizmatiga murojaat qilib, bank kartasidan ilova orqali 75.700.000 so‘m pullarini noma’lum shaxslar yechib olganligini ma’lum qilgan.
Surxondaryo Viloyat IIB TQX Kiberxavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida, aksidorlik tijorat banklaridan biriga amaliyot o‘tash uchun borgan ikki nafar talaba bankning barcha sirlarini o‘rganib borishganligi aniqlandi.
Amaliyotchi talabalar o‘zaro kelishib, tanisharining nomiga sim karta rasmiylashtirib, ularning uyali aloqa vositalaridan foydalangan holda bank xodimlarini aldab turli amaliyotlarni bajarib, ariza muallifiga tegishli bo‘lan 75.700.000 so‘m pullarni o‘g‘irlashgan. Shundan so‘ng Termiz shahrida joylashgan oltita bankka tegishli bankomatlardan shapka, qora qo‘zoynak, tibbiyot niqobidan foydalangan holda pullarni naqlashitirib olgan.
Gumonlanuvchilar tezkor texnik tadbirlar natijasida qisqa fusatda aniqlanib, ulardan telefon apparatlar ko‘plab bank kartalari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirildi. Shuningdek ularning biri onasiga berib yuborgan 59.800.000 so‘m miqdordagi naqd pullar xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olindi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib to‘plangan xujjatlar sud organlari yuborildi. Sud qaroriga ko‘ra ular jinoyat kodeksining 169 moddasi 3 qismi b bandi bilan aybli”- deb topilib, biriga 2 yili uch oy ikkinchisiga esa ikki yillik ozodlikdan maxrum qilish jazosi tayinlandi. Oliy ta’lim dargohini biritish arafasida turgan bo‘lajak moliyachilar qilgan xatosi va sodir etgan jinoyati ortidan rasmiy ish joyiga emas afsuski jazoni ijro etish muassasasiga yo‘l oldi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati