16 May 2025 yil 123

Bank muassasalarida xavfsizlikni ta’minlash masalalari muhokama etildi.

Kuni kecha Markaziy bank Surxondaryo viloyati bosh boshqarmasida viloyat hududidagi bank muassasalari xavfsizligi hamda uning ishonchli qo‘riqlanishini ta’minlash yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, Qo‘riqlash boshqarmasi rahbariyati, Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi mas’ullari ishtirok etishdi.

Uchrashuvda, hududlarda sodir etilayotgan turli jinoyat va huquqbuzarliklar aniq misollar orqali keltirib o‘tildi. Masalaga aloqador barcha mas’ul xodimlarning ogoh va sergak bo‘lishi, e’tiborsizlik va loqaydlik esa turli ko‘ngilsiz holatlarni keltirib chiqarishi mumkinligi xususida so‘z yuritildi. Viloyat hududidagi banklar hamda ularning filiallari, hududlarda joylashgan barcha bankomatlarni o‘rganib chiqib, qo‘riqlovga olish, zarur signalizatsiya vositalarini o‘rnatish yuzasidan mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.

Text to speech