9 Fevral 2022 yil 446

Bandixonda mol o'g'risi qo'lga olindi

Bandixon tumanida 2022 yil 9 yanvar kuni, tumanning "Obikor" mahallasida yashovchi, D.Doston (ism shariflar o'zgartirilgan) tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 7 yanvar kunidan 8 yanvar kuniga o'tar kechasi, noma'lum shaxs, molxonasidan 4.000.000 (to'rt million) so'mlik 1 bosh qora molini o'g'irlab ketganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Boysun tumanida yashovchi, S.Sadir sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 10 yanvar kuni S.Sadirga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech