1 Dekabr 2021 yil 476

Bandixon tumanida "Zo'ravonlikka qarshi kurashamiz!" shiori ostida tadbir bo'lib o'tdi.

Ma'lumki, Birlashgan Millatlar tashkiloti bosh Assambleyasining 1999 yil 17 dekabrdagi rezolyutsiyasi bilan 25 noyabr — "Xalqaro ayollarga nisbatan zo'ravonlikka barham berish kuni"-deb, e'lon qilingan.
Shu munosabat bilan yurtimizda "Gender zo'ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar" kompaniyasi ish boshladi. Bugungi kunda Bandixon tumanida ham "Zo'ravonlikka qarshi kurashamiz!" shiori ostida tadbirlar, uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
Kuni kecha tuman hokimining xotin-qizlar masalalari bo'yicha maslahatchisi I.Mamasolaeva, tuman IIB xotin-qizlar masallalari bo'yicha katta inspektori M.Jo'raeva, tuman otinoyisi Z.Tashpo'latovalar boshchiligida tumanning 7-sonli ayrim fanlar chuqur o'rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktabning majlislar zalida ham ushbu mavzuda davra suhbati tashkil qilinib, unda rasmlar tanlovi ham bo'lib o'tdi.
Tadbirda, xotin-qizlarning huquq va manfaatlari, gender tenglikni ta'minlash yuzasidan batafsil tushunchalar berildi.

Text to speech