24 Avgust 2021 yil
497
Bandixon tumani ichki ishlar bo'limida "mard askar-yoshlarga namuna" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.
Bugun Bandixon tumani ichki ishlar bo'limida, 1-sonli Maktabgacha ta'lim tashkiloti bilan hamkorlikda "mard askar-yoshlarga namuna" shiori ostida vatanparvarlik tadbiri bo'lib o'tdi.
Ushbu tashkil etilgan tadbirda, ichki ishlar organlari xodimlari va 1-sonli Maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachilari hamda tarbiyalanuvchi jajji o'g'il-qizlari ishtirok etishdi.
Tadbirda jajji o'g'il-qizlar tomonidan Vatanni Math etuvchi she'r va kuy - qo'shiqlar ijro etildi.
Shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan Vatan tinchligi va osoyishtaligini ta'minlash, unga sadoqat bilan xizmat qilish oliy burch ekanligi ta'kidlandi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati