11 Mart 2022 yil 350

Bandixon tumani 3-sektorida aholi muammolarini o‘rganish bilan birga sayyor qabul ham o‘tkazildi

Bandixon tumanidagi 3-sektorda 4 ta mahallada 13 ming 210 nafar aholi istiqomat qiladi. Tabiiyki, ushbu hudud aholisining ham muammolari o‘ziga yarasha.
Sektor rahbari Zevar, Xo‘jaipok, Bag‘rikeng, Obodyurt mahallalarida bo‘ldi. Dastavval, “Bag‘rikeng” mahallasida sektor hududida joylashgan mahallalarda istiqomat qilayotgan aholi uchun sayyor qabul tashkil etilib, 50 nafardan ortiq aholi vakillari tomonidan 80 ga yaqin murojaatlar tinlanib, ushbu murojaatlarning 35 tasi joyida bartaraf etildi.
Bag‘rikeng mahallasida 7 nafar Obodyurt mahallasida 5 nafar Zevar mahallasida 3 nafar va Xo‘jaipok mahallasida yashovchi 6 nafar fuqarolarning murojaatlari joyida hal etildi.
Jumladan, 3 nafar yoshlar daftariga kiritilgan yoshlarga inkubator hamda tikuv mashinkalari, 2 nafar ayollar daftariga kiritilgan xotin-qizlarga zamonaviy elektr pech va uy ro‘zg‘or buyumlari, 2 nafar sharoiti og‘ir bo‘lgan fuqarolarga oziq-ovqat maxsulatlari (un, moy, oziq-ovqat mahsulotlari) va 2 nafar fuqarolarga suyultirilgan gaz balonlar berildi.
Misol uchun, Bag‘rikeng mahallasida hokim yordamchisi I.Tursunov bilan birgalikda shu mahallada yashovchi tadbirkor O‘roqov Asqarningning tashkil etgan issiqxonasida bo‘lib, u yerda tashkil etilgan issiqxonaga ekilgan mahsulot turlari bilan tanishilib, tadbirkorga tegishli va kerakli ko‘rsatmalar berildi.
Obodyurt mahallasida yashovchi tadbirkor Normurodov Shavkat chorva kompleksi tashkil etgan. Uerda Ukrainadan keltirilgan 180 dona zotdor qora mollarni parvarishi bilan shug‘ullanmoqda. Sektor rahbari ushbu kompleksda ham bo‘ldi va tadbirkorga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Bag‘rikeng mahallasi “Chiroqchi” ko‘chasida 71 ta xo‘jalik istiqomat qiladi. U yerdagi elektr ustunlari qo‘lbola bo‘lganligi uchun ushbu ko‘chaga 20 dona yangi simyog‘och ustunlariga almashtirildi.
Shuningdek, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, 3-sektor rahbari polkovnik Ismoilov Abduvoxid Salomovich viloyatdan biriktirilgan sektor a’zolari bilan birgalikda sektor hududidagi mahallalarda ijtimoiy og‘ir ahvolda yashayotgan 8 ta xonadonlar bilan yaqindan tanishish maqsadida, ularni qiynayotgan 5 ta oilaviy muammolar joyida hal etildi.
Bundan tashqari, Bag‘rikeng mahallasida tibbiy ko‘rik tashkil etilib, 70 nafarga yaqin fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Tadbirlar davomida tuman IIB shaxsiy tarkibi ishtirokida, tuman hududida 2022 yilning o‘tgan davri mobaynida jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan viloyat IIB boshlig‘i tomonidan atroflicha muhokama qilinib, umumiy jinoyatchilik o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1 taga yoki 100 foizga oshganligi ta’kidlandi va kelgusida jinoyatlarni jilovlash borasida mas’ullarga bir qator topshiriqlar berildi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Text to speech