8 Fevral 2023 yil 417

Bandixonlik shaxsdan qo‘ylarni sotib olgan kimsa qallob bo‘lib chiqdi

Bandixon tumanida 2023 yil 23 yanvar kuni tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasidan tushgan hujjatlarga ko‘ra, tumanning “Saroy” mahallasida yashovchi, D.Latif (ism shariflar o‘zgartirilgan) viloyat IIBning “102” qisqa raqamiga qilgan murojaatida, 2022 yil 27 dekabr kuni Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi, M.Marat uning ishonchiga kirib, jami 20 bosh qo‘ylarini 32 000 000 (o‘ttiz ikki million) so‘mga olib, boshidan 3 000 000 (uch million) so‘m pulini berib, qolgan 29 000 000 (yigirma to‘qqiz million) so‘m pullarini bermay ketganligini bildirgan. 23 yanvar kuni M.Maratga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech