16 Iyun 2022 yil 511

Bandixonlik qidiruvdagi shaxs qo‘lga olindi

Bandixon tumani “Chinor” mahallasida yashovchi fuqaro B.Karim (ism-sharifi o‘zgartirilgan) joriy yilning aprel oyida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi “v” bandi va 228-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etib jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan tuman Prokuraturasi tomonidan qidiruvda bo‘lgan, ehtiyot chorasi sifatida “qamoq” tayinlangan.
Olib borilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida, 23 may kuni fuqaro B.Karim tuman hududida yashirinib yurganligi aniqlanib, tuman IIB xodimlari tomonidan qo‘lga olinadi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Text to speech