18 Oktyabr 2022 yil
355
Bandixonlik qidiruvdagi shaxs Toshkent shahrida qo‘lga olindi
Bandixon tumanida 2022 yil may oyida, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi, 211-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi tomonidan qidiruvda bo‘lgan, ehtiyot chorasi sifatida “qamoq” qo‘llanilgan, Bandixon tumanida yashovchi, B.Shoberdi (ism shariflar o‘zgartirilgan) 7 oktabr kuni Toshkent shahrida xizmat safarida bo‘lgan tuman IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi hamda tuman IIB JXX Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi xodimlari tomonidan ushlangan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati