Bandixonda viloyat IIB boshlig‘i tashabbusi bilan mevali va manzarali daraxtlar bog‘i tashkil qilindi
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida respublika
hududida 2023 yil 25 oktabrdan 1 dekabrgacha kuzgi ko‘chat ekish va ko‘kalamzorlashtirish
tadbirlari davom etmoqda.
Jumladan, viloyat ichki ishlar boshqarmasi tomonidan “Yashil
makon” umummilliy loyihasi doirasida 26000 tup ko‘chatlarini ekish rejalashtirilgan.
Shunga muvofiq yashil maydonlarni ko‘paytirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilayotir.
Eshbu xayrli tashabbusga viloyat IIB boshlig‘i polkovnik
A.Ismoilov bosh-qosh bo‘lmoqda.
Shuningdek, viloyat shahar-tumanlarining 1951 nafar
xodimlari jalb etilib, 12833 mingdan ortiq daraxt ko‘chatlari ekildi. 1890
tup mevali, 8218 tup manzarali daraxtlar, 2725 tup butali ekinlar o‘tqazildi.
Daraxt ko‘chatlarining 939 tupi yashash xonadonlarga,
859 tupi xizmat binolari va ularning atrofidagi hududlariga, 7450 tupi
ichki ishlar organlari rahbarlariga biriktirilgan yashil massivlarga,
1181 tupi ichki ishlar bo‘lim va bo‘linmalari hududlariga, 693 tupi
profilaktika inspektori xizmat uylari va ularga biriktirilgan hududlarga,
1027 tupi biriktirilgan mahallalarga va 684 tupi boshqa joylarga ekildi.
Xususan, Bandixon tumani hududidan 1 gektar yer ajratilib,
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Mevali daraxtlar bog‘i” tashkil qilindi.
Viloyat IIB boshlig‘i mazkur bog‘ni barpo etish ishiga o‘zi boshchilik qilgani holda
ko‘chatlarni to‘g‘ri ekish bo‘yicha ham tavsiyalarini berib o‘tdi. Shundan so‘ng,
ushbu bog‘da jami 800 tup mevali daraxtlar, 100 tup manzarali, 700 tup gilos ko‘chatlari
ekildi.
Shuningdek, daraxtlarni noqonuniy kesish va shikastlantirish
bilan bog‘liq holatlar bo‘yicha ma’muriy javobgarliklar va jamoatchilik nazorati
kuchaytirildi.
Bugun qadalgan ko‘chatlar ertaga azim
daraxtlarga aylanadi va kelajak avlod ularning mevasidan bahramand bo‘ladi. Qolaversa,
bu kabi yashil maydonlar atrof-muhitni yaxshilash, havo ifloslanishining oldini
olishga ham xizmat qiladi.