22 Dekabr 2022 yil 365

Bandixonda ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari davom etmoqda

Yurtimiz bo‘ylab amalga oshirilayotgan qurilish, bunyodkorlik obodonlashtirish, ishlari tufayli har bir hudud obod maskanga aylanib bormoqda.

Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani misolida aholi murojaat va muammolari bilan ishlashni Surxondaryo viloyatida yangi tashkil etilgan Bandixon tumanida ham tajriba sifatida ishlarni amalga oshirish bo‘yicha tumanning 4 ta sektor hududida bugungi kunda ishlar  davom etmoqda.

Ayniqsa, qishloq joylarda ichki yo‘llar ta’mirlanishiga katta e’tibor qaratilmoqda. Yo‘llar ravon bo‘lsa aholi turmushi farovonlashib, iqtisodiy taraqqiyoti rivojlanishiga erishiladi.

Bandixon tumanida aholiga qulayliklar yaratish maqsadida bugun, tumanning 3-sektor hududida joylashgan "Zevar" mahallasiga olib boruvchi 500 metr masofadagi ichki yo‘llarga tosh- shag‘al aralashmasi yotqizilib, ta’mirlash ishlari olib borildi.

Bu kabi ishlar tuman hududida davom ettirilmoqda.

Text to speech