2 Iyun 2023 yil 371

Bandixonda fuqarolar firibgarlik qurboni bo‘lishdi

Bandixon tumanida 2023 yil 5 may kuni tuman IIB huzuridagi Tergov guruhining xabariga ko‘ra, tumanning “Obod turmush” mahallasida yashovchi, D.Alisher (ism shariflar o‘zgartirilgan) tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 2022 yil iyul oyida, Bandixon tumanida yashovchi, X.Abbos g‘isht pishirishda foydalaniladigan xumdon qurib berishini aytib, 8.000.000 (sakkiz million) so‘m pulini olib, o‘zlashtirib ketgan. Bundan tashqari, X.Abbos 2022 yil 17 avgust kuni Aksionerlik tijorat banki Qiziriq filialidan shu tumanda yashovchi M.Malikaning xonadoniga tikuvchilik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun 15.000.000 (o‘n besh million) so‘m kredit chiqarib, maqsadsiz ishlatib yuborganligi aniqlangan. 5 may kuni X.Abbosga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech