Bandixon tumanida o‘quvchi qizlar o‘rtasida davra suhbati o‘tkazildi
Surxondaryo viloyati Bandixon tumanidagi otaliqqa olingan 28-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining yuqori sinf o‘quvchi qizlari bilan davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda IIV Akademiyasi o‘qituvchisi,
viloyat va tuman IIB mas’ul xodimlari, maktab
direktori va o‘qituvchilari ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar bugungi
kunda O‘zbekistonda xotin-qizlarning ta’lim olishi uchun berilayotgan imtiyozlar
va shart-sharoitlar haqida to‘xtalib, bunday imkoniyatlardan har bir o‘quvchi qiz
unumli foydalanish kerakligini ta’kidlab o‘tdi.
Shuningdek, IIV Akademiyasida
xotin-qizlarning ta’lim olishi uchun yaratilgan sharoitlar haqida ham batafsil ma’lumotlar
berildi.
Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan tadbirda faol ishtirok etdi.