7 Avgust 2024 yil 320

Bandixon tumanida “Turmush” keng qamrovli profilaktik tadbiri doirasida uchrashuv tashkil etildi.

Bandixon tumanida viloyat hokimligi va viloyat IIBning qo‘shma qarori asosida viloyat miqyosida 10 iyul kunidan 10 avgust kuniga qadar davom etib kelayotgan keng qamrovli "Turmush profilaktik" tadbiri doirasida notinch oilalarning muammolarini o‘rganishga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.

Ushbu uchrashuvda, viloyat hokimining o‘rinbosari Z.Xidirova, viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘ining Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, O‘.Eshimova hamda Tuman prokrorining katta yordamchisi Sh.Xaydarov ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida, 60 ga yaqin notinch va nizoli ro‘yxatida turuvchi oilalar qatnashib, masu’llarga o‘zlarining muammolari, maqsad-muddaolarini bayon etishdi.

Har  bir oila vakillari o‘zlarining oilaviy janjal va kelishmovchiliklarning kelib chiqish sabab va omillarini o‘rtaga tashlashi oqibatida tumanidagi 20 ga yaqin oilalarning kelishmovchiliklariga barham berilib, ushbu oilalar yarashtirildi. Uchrashuvda ishtirok etgan yana boshqa oilalarning muammolari va takliflari tegishli tashkilotlar ishtirokida ko‘rib chiqilishi orqali, kelishmovchilik va janjallarini bartaraf etish uchun kelishib olindi.

Text to speech