Bandixon tumanida Surxondaryo viloyat 3-sektor rahbarining Ishchi guruhi o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.
Avval xabar berganimizdek, Surxondaryo viloyat 3-sektor rahbarining ishchi guruhi axoli muammolarini o‘rganish bo‘yicha Bandixon tumani 3-sektorida faoliyatini davom ettirmoqda.
Bugun, viloyat ishchi guruhi tomonidan o‘rganish davomida sog‘ligi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaat qilgan aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish maqsadida 3-sektor hududidagi “Bag‘rikeng” mahallasida joylashgan 42-sonli OShP (oilaviy shifokorlik punkiti)da viloyat shifoxonalari va tuman Tibbiyot birlashmasining malakali mutaxasislari taklif etilib “tibbiy ko‘rik” tashkil etildi.
Tibbiy ko‘rik davomida, 394 nafar fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, shulardan 251 nafari katta yoshdagi fuqarolar, 80 nafari ayollar va 63 nafari bolalalrni tashkil etadi.
Tekshiruvlarga ko‘ra 201 nafar fuqarolarga davolanishlari uchun tavsiyalar berilib, 120 nafar fuqaroga Ambulator sharoitda, 12 nafar fuqaroga viloyat ko‘p tarmoqli Markaziy polikilinikada, 61 nafar fuqaroga esa tuman shifoxonasiga davolanishlari uchun yo‘llanmalar berildi.
Ishchi guruh o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.