5 Sentyabr 2022 yil 444

Bandixon tumanida sodir etilgan jinoyat muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 5 sentabr kuni Bandixon tumani "Navro‘z" mahallasi hududida 30 avgust kuni sodir etilgan qotillik jinoyati muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

O‘tkazilgan muhokama yig‘ilishda, Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik A.S.Ismoilov, Bandixon tuman hokimi O‘.Choriev, tuman prokurori S.N.Mahmanov, tuman IIB boshlig‘i mayor A.B.Berdinazarov, tuman DSI boshlig‘i T.M.Sarmanov, tuman Mahalla va Nuroniylarni qo‘llab quvvatlash bo‘limi T.Shoyqulov, tuman xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari I.Mamasolieva, tuman Yoshlar ishlari angentligi tuman bo‘limi boshlig‘i O.Eshpo‘latov, Aholi bandlikka ko‘maklashish markazi boshlig‘i Sh.Saidov, tuman IIB JXX HPB TP profilaktika katta inspektori kapitan Z.A.Boyqobilov, “Navro‘z” mahalla raisi, mahalla imom xatibi hamda mahalla faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Muhokama yig‘ilishda, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97 moddasi 1 qismida nazarda tutilgan jinoyatning sodir etilishi, kelib chiqish sabab va omillari keng jamoatchilik ishtirokida o‘rganilib, jinoyatni sodir etilishiga yo‘l qo‘ygan mas’ullarning faoliyati tanqid qilindi.

Yig‘ilish davomida, tuman hududida bu kabi boshqa turdagi jinoyatlarning oldini olish borasida olib borilayotgan profilaktik ishlarni yanada kuchaytirish orqali jinoyat sodir etilishining oldini olish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech