5 Iyul 2024 yil
477
Bandixon tumanida nuroniylar o‘rtasida Kiber madaniyatni yuksaltirish maqsadiga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Surxondaryo viloyati Bandixon tumani nuroniylari ishtirokida "Kibermadaniyatni
yuksaltirish oyligi" doirasida targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borildi.
Ushbu targ‘ibot tadbirida, O‘zbekiston Respublikasi IIV Tezkor qidiruv departamenti
Kiberxavfsizlik markazi, viloyat IIB Tezkor qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘limi
mas’ullari, huquqtartibot organlari rahbarlari va xodimlari, “mahalla yettiligi”
faollari hamda nuroniylar ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida, hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqarolarimiz firibgarlik,
o‘g‘rilik va boshqa shu kabi jinoyatlar qurboniga aylanib qolayotganligi haqida
so‘z yuritilib, ushbu jinoyat qurboniga aylanmaslik uchun amal qilishi va har xil
aldovlarga ishonmasliklari tushuntirildi.
Targ‘ibot
tadbiri yakunida, targ‘ibot ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar
tomonidan javoblar olishdi.