Bandixon tumanida xavfsiz muhitni ta’minlash bo‘yicha profilaktik ishlar davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvar sanasidagi "2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samarodorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-1-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tuman prokuraturasi hamda tuman Ichki ishlar bo‘limi tomonidan Bandixon tumanida tungi vaqtda faoliyat ko‘rsatuvchi xizmat ko‘rsatish obektlari o‘rganildi.
O‘rganish davomida, tuman hududida tungi vaqtlarda sodir etilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olish, jamoat joylarida jamoat tartibi saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda jinoyat sodir etilishining oldini olish bo‘yicha profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, tadbirkorlar va fuqarolar o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borildi.