21 May 2024 yil 444

Bandixon tumanida bag‘rikenglik asosida “Sayyor sud” bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 21 may kuni Bandixon tuman IIB binosida sayyor sud majlisi tashkil etildi.

Tashkil etilgan sayyor Sudda Jinoyat ishlari bo‘yicha Bandixon tuman sudi raisi M.Abdimuminov, viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Shadiev, Bandixon tuman prokurori yordamchisi N.Eshmurodov, tuman IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhi katta inspektori S.Q.Boyqulov hamda Bandixon tumani IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhida jazo o‘tayotgan 106 nafar mahkumlardan 46 nafari ishtirok etib, shundan 6 nafar mahkumlar o‘z qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymonligi, hozirgi kunda Ichki ishlar bo‘limi tomonidan ijobiy tavsiflanib, sog‘lom turmush tarziga o‘tganligini inobatga olib, bag‘rikenglik tamoyili asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasi 3-qismiga asosan o‘talmay qolgan jazosidan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etildi.

Sayyor sud davomida, viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari Sherzod Shadiev mahkumlar bilan suhbat o‘tkazib, ularning muammolari va takliflari bilan o‘rtoqlashdi. Shuningdek, tuman IIB Jamoat xavfsizligi xizmatida jazo muddatini o‘tayotgan har bir mahkum bugungi o‘tkazilgan Sayyor sudda o‘zlariga to‘g‘ri xulosa chiqarishlari, takror jinoyat yo‘liga kirmasligi, sog‘lom turmush tarzini tanlab oilasiga halol yo‘l bilan ishlab pul topib farzandlari tarbiyasi bilan shug‘ullanishlari borasida profilaktik tushuntirish ishlarini olib bordi.

Sayyor sud yakunida mahkumlarning o‘rtaga tashlangan muammo va takliflari yuzasidan masu’llarga tegishli topshiriqlar berildi.

Text to speech