24 Yanvar 2025 yil 488

Bandixon tumanida 2025-yilda mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi.

Bandixon tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi  PQ 1-sonli Qarorining mazmun-mohiyati hamda qarorda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratilgan o‘quv-seminar o‘tkazildi.

O‘quv-seminarda tuman hokimi A.Allamuradov, tuman prokurori B.Toshpulatov, tuman IIB boshlig‘i v.b. J.To‘raev, tegishli tashkilot rahbarlari, milliy gvardiya hamda "Mahalla yettiligi" ishtirok etdi.

Bunda har bir mahalla kesimida yo‘l xaritalar ishlab chiqish, har oy yakunida kriminogen vaziyati og‘ir va jinoyat sodir etilgan mahallalarda amalga oshirilgan ishlar natijalari yuzasidan tanqidiy muhokamalar o‘tkazish, qaror ijrosiga mas’uliyatsizlik bilan yondoshgan rahbar va xodimlarga nisbatan lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan ta’sir choralari ko‘rilishi to‘g‘risida ogohlantirildi.

Text to speech