5 Iyul 2024 yil 503

Bandixon tumani Tibbiyot xodimlari o‘rtasida kiber madaniyatni oshirishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Surxondaryo viloyati Bandixon tumani Tibbiyot markazida "Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi" doirasida targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borildi.

Ushbu targ‘ibot tadbirida, O‘zbekiston Respublikasi IIV Tezkor qidiruv departamenti Kiberxavfsizlik markazi, viloyat IIB Tezkor qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘limi mas’ullari, huquqtartibot organlari rahbarlari, tibbiyot bo‘limi xodimlari, “mahalla yettiligi” faollari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida, hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqarolarimiz firibgarlik, o‘g‘rilik va boshqa shu kabi jinoyatlar qurboniga aylanib qolayotganligi haqida so‘z yuritilib, ushbu jinoyat qurboniga aylanmaslik uchun amal qilishi va har xil aldovlarga ishonmasliklari tushuntirildi.

Targ‘ibot tadbiri yakunida, targ‘ibot ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar olishdi.

Text to speech