24 May 2023 yil 198

Bandixon tumani IIBning yangi binosida Kutubxona faoliyati yo‘lga qo‘yildi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining  2023 yil 11 aprel kunidagi farmoyishiga asosan barcha ichki ishlar organlari tizimlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!” shiori ostida joriy yilning 1 may kunidan 31 may kuniga qadar “Ma’naviyat oyligi” doirasida, Bandixon tumani Ichki ishlar bo‘limi binosida yangi kutubxona o‘z ish faoliyatini boshladi.

Ushbu tashkil etilgan Kutubxonada O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2021 yil 21 oktabr kunidagi tegishli buyrug‘i talablariga asosan ichki ishlar organlari xodimlari o‘qishi lozim bo‘lgan  39 turdagi kitoblar hamda besh yuzdan ortiq boshqa badiiy adabiyotlar bilan boyitilgan. Hozirda tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari bo‘sh qatlarini mazmunli o‘tkazishi, ma’naviy va ma’rifiy bilimlarini oshirishlari uchun kutubxonadagi mavjud kitoblardan mutolaa qilishlari mumkin bo‘ladi.

Text to speech