Bandixon tumani IIBda to‘qqiz oy davomida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, sodir etilganlarni fosh etish borasida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy tahlil qilindi.
Kuni kecha Bandixon tumani IIBda 9 oyi
davomida operativ xizmat faoliyati natijalarida erishilgan yutuqlari va kamchiliklari,
shuningdek jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurash
hamda kelgusidagi vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Surxondaryo viloyati IIB
boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Shadiev va O‘zbekiston Respublikasi
IIV Surxondaryo viloyati bo‘yicha Shaxsiy xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i Q.Samandarovlar
ishtirok etib, tuman hududida kriminogen vaziyatni yaxshilash, ichki ishlar organlari
xodimlarining xizmat intizomi va qonunchilikka rioya qilishi, jamoat tartibini saqlash,
fuqarolar xavfsizligini ta’minlashda boshqa huquqtartibot organlari hamda jamoatchilik
vakillari bilan hamkorlik masalalarida amalga oshirilayotgan amaliy ishlari tanqidiy
tahlil asosida muhokama qilindi. Muhokama davomida tuman IIB mas’ullarining axboroti
tinglandi.
Kelgusida bu borada amalga oshirilishi
lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan topshiriq va takliflar berildi.