23 Aprel 2024 yil 540

Bandixon tumani IIBda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish maqsadiga qaratilgan seminar tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2022 yil 3 mart kunidagi “Ichki ishlar organlarida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish hamda korrupsiyaviy omillarni oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi tegishli buyrug‘i hamda 2024 yil 15 apreldagi farmoyishi ijrosini taminlash maqsadida, 2024 yil aprel oyining uchinchi o‘n kunligi Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarida “Korrupsiyaga qarshi kurashish dolzarb 10 kunligi” deb elon qilingan.

Shu munosabat bilan Bandixon tumani Ichki ishlar bo‘limida seminar tashkil etildi.

Seminarda korrupsiyaga qarshi kurashishda rahbar xodimlarning masuliyati va javobgarligini yanada oshirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish bo‘yicha tuman Prokuraturasi va tuman IIB mas’ul xodimlari tomonidan Bandixon tuman IIBning barcha shaxsiy tarkibi o‘rtasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish” mavzusida tushuntirish ishlari olib borildi.

Text to speech