12 Oktyabr 2024 yil 600

Bandixon tumani IIBda Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Bandixon tumani IIBda joriy yilning 9 oyi davomida tuman IIB xizmat faoliyati natijalarida erishilgan yutuqlari, yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklari, shuningdek, jamoat tartibini saqlash, xuquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish borasidagi amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi vazifalar yuzasidan Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i Sherzod Shadiev huzurida tezkor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish avvalida, Bandixon tumani IIBda joriy yilning 9 oyi davomida sodir etilgan jinoyatlar, erishilgan yutuqlar yuzasidan tuman IIB boshlig‘i birinchi o‘rinbosarining axboroti tinglandi. Keltirilgan axborotda ish ko‘rsatkichi past bo‘lgan ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat faoliyati tanqidiy-tahlil qilinib, 2024 yil yakuniga qadar ish faoliyatini yaxshilash bo‘yicha, har biriga ogohlantirish berildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Qudrat Samandarov tomonidan xodimlarga fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish, korrupsion holatlarni oldini olish va jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish jarayonida shaxsiy xavfsizlik qoidalariga amal qilishlari lozimligi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Text to speech