11 Iyul 2024 yil 356

Bandixon tumani IIBda Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan 6 oy davomida amalga oshirilgan ishlar yo‘l qo‘yilgan xato kamchiliklar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Bandixon tumani IIBda 6 oyi davomida tuman IIB xizmat faoliyati natijalarida erishilgan yutuqlari, yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklari, shuningdek, jamoat tartibini saqlash, xuquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurash hamda kelgusidgi vazifalar yuzasidan Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i Sh.F.Shadiev huzurida tezkor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda avvalida, Bandixon tumani IIBda joriy yilning 6 oyi davomida sodir etilgan jinoyatlar, erishilgan yutuqlar yuzasidan tuman IIB boshlig‘i birinchi o‘rinbosarining axboroti tinglandi. Keltirilgan axborotda ish ko‘rsatkichi past bo‘lgan ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat faoliyati tanqidiy-tahlil qilinib, 2024 yilning 9 oyiga qadar ish faoliyatini yaxshilash bo‘yicha, har biriga ogohlantirish berildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan xodimlarga korrupsion holatlarni oldini olish va jinoyatchilik va xuquqbuzarliklarga qarshi kurashish  jarayonida shaxsiy xavfsizlik qoidalariga amal qilishlari lozimligi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Text to speech