26 Yanvar 2023 yil 228

Bandixon tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan 2022 yilning 12 oyi  davomida amalga oshirilgan ishlari tanqidiy muhokama qilindi.

Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Shodiev hamda O‘zbekiston Respublikasi IIV ShXBB Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Q.Samandarovlar huzurida Bandixon tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan 2022 yilning 12 oyi  davomida tuman hududida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish,  terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurashish, jamoat tartibi, fuqarolar huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, yo‘l harakati hamda ijtimoiy-siyosiy vaziyatning barqarorligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ish natijalari, yo‘l qo‘yilgan xato kamchiliklar hamda kelgusidagi vazifalar yuzasidan muhokama qilindi.

O‘tkazilgan mazkur yig‘ilish tanqidiy ruhda o‘tkazilib, xizmat davomida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralari ko‘rildi.

Shuningdek, ish faoliyati davomida yuqori ko‘rsatgichlarga erishgan xodimlar orasida xizmat intizomi va kasbiy faoliyati bilan o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh ichki ishlar organlari xodimlari rahbariyat tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

Yig‘ilish davomida Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sherzod Shodiev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2023-yil 20-yanvar kunidagi 10-sonli qarori mazmun mohiyati tushuntirilib, ushbu qaror asosida qabul qilingan Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi talablariga har bir ichki ishlar organlari xodimlari amal qilishi, fuqarolar bilan ishlashda ushbu kodeks qoidalariga so‘zsiz amal qilgan holda faoliyat olib borishi lozimligi bo‘yicha tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech