Bandixon tuman IIBda “Kitob va kitobxonlik – inson ma’naviyatining ko‘zgusi” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Joriy yilning 5 iyul kuni Bandixon tuman Ichki ishlar bo‘limida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5050-sonli qarori ijrosi yuzasidan Surxondaryo viloyat IIB boshqarmasi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxodaryo viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda “Kitob va kitobxonlik – inson ma’naviyatining ko‘zgusi” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Unda Surxondaryo viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Sherzod Shadiev, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxodaryo viloyat bo‘limi rahbari Nargiza Rahmatullaeva hamda Bandixon tuman IIB xodimlari ishtirok etdi.
O‘tkazilgan “Kitob va kitobxonlik – inson ma’naviyatining ko‘zgusi” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbirda, Bandixon tumani ichki ishlar bo‘limida tashkil etilgan kutubxona fondini boyitish uchun Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyati bo‘limi 50 dona kitoblar sovg‘a qilindi.