Bayrog‘imiz g‘ururimiz!
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining
32 yilligi munosabati bilan Jarqo‘rg‘on tuman hokimligi, Jarqo‘rg‘on tuman Maktabgacha
va maktab ta’limi bo‘limi va IIV Surxondaryo akademik litseyi hamkorligida 18 noyabr
kuni “Yoshlar paradi” tashkil etildi. Shundan so‘ng, tuman Madaniyat bo‘limi binosida
“Muqaddasdir vatan bayrog‘i” shiori ostida tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbiri
bo‘lib o‘tdi.
Tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirida Jarqo‘rg‘on
tuman hokimligi, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi va IIV Surxondaryo
akademik litseyi o‘quvchilari hamda madaniyat bo‘limi xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘z olgan tashkilotchilar yig‘ilganlarni O‘zbekiston
Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganining 32 yilligi bilan muborakbod etishdi.
Tadbirda davomida o‘quvchilarning badiiy
chiqishlari hamda tuman madaniyat bo‘limi xodimlarining kuy-qo‘shiqlari yig‘ilganlar
ko‘nglini hushnud etishdi.