7 Dekabr 2024 yil
648
Bayramga tuhfa: Yoshlar uchun qo‘shaloq bayram Konstitutsiya kuni arafasida yoshlarga ID-kartalar topshirildi.
Mamlakatimizda 8 dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligini keng nishonlanmoqda bugun Qumqo‘rg‘on tumanida istiqomat qilib kelayotgan aynan 2008 yil 8 dekabr sanasida tavallud topgan bir qator yoshlarga viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.F.Shadiev tomonidan fuqarolik ID-kartalari hamda bayram munosabati bilan bosh qomusimiz aks etgan kitoblar tantanali ravishda topshirildi.
Ushbu kun yoshlar uchun esda qolarli bo‘lib, ularga Konstitutsiyaning
ahamiyati hamda fuqarolik burchlari haqida tushunchalar berildi. Viloyat bo‘ylab
barcha Ichki ishlar organlarida Konstitutsiya
qabul qilingan kun munosabati bilan bayram tadbirlari davom etmoqda.