29 Aprel 2024 yil 433

Ajdodlar merosi bilimdoni.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2024-yil 18-apreldagi “Ajdodlar merosi bilimdoni” kitobxonlik ko‘rik-tanlovini o‘tkazish to‘g‘risidagi tegishli farmoyishi ijrosini ta’minlash hamda akademik litseylar o‘quvchilarining badiiy va intellektual salohiyati, ongu tafakkuri, dunyoqarashi va ma’naviy qiyofasini yuksaltirish, o‘quvchilarda yurtimizda yetishib chiqqan buyuk allomalar, davlat arbobi va buyuk mutafakkirlarning boy ma’naviy merosini asrab-avaylash tuyg‘usini shakllantirish maqsadida joriy yilning 29 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi IIVning Surxondaryo akademik litseyi o‘quvchilari o‘rtasida yozuvchi Jumaboy Rahimovning “Jaloliddin Manguberdi mardlik va jasorat timsoli”, “Amir Temur buyuk davlat arbobi va ulug‘ sarkarda”, “Mirzo Ulug‘bek koinotga talpingan hukmdor” va “Zahiriddin Muhammad Bobur - Buyuk davlat arbobi, ulug‘ sarkarda va qomusiy olim” nomli kitoblari asosida kitobxonlik ko‘rik-tanlovining litsey bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rik-tanlov yakunida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarning bilim va zakovotlari e’tirof etildi.

Text to speech