8 Mart 2022 yil 320

Ayyomingiz muborak bo‘lsin- Aziz va mo‘’tabar ayollar

Joriy yilning 7 mart kuni Termiz shahridagi “Grand Almaz” restoranida Surxondaryo viloyati Ichki ishlar tizimlarida xizmat qiluvchi barcha ayol xodimlar, ishchi xizmatchilar, nafaqadagi faxriylar, xizmat vaqtida halok bo‘lgan ichki ishlar organlari xodimlarining oila a’zolari ishtirokida 8 mart “Xalqaro Xotin-qizlar bayrami” munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
O‘tkazilgan bayram tadbirida, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Abduvohid Ismoilov ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining ichki ishlar tizimlarida samarali xizmat qilayotgan ayol xodimalari, ishchi xizmatchilari, faxriylar, xizmat vaqtida halok bo‘lgan ichki ishlar organlari xodimlarining oila a’zolariga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirib, ushbu tantana bilan barcha ayollarimizni bayram munosabati bilan qizg‘in muborakbod etdi.
Shundan so‘ng, shodiyona sababchilariga bayram sovg‘alari ulashildi.
Bayram tadbiri davomida, 8 mart “Xalqaro Xotin-qizlar bayrami” munosabati bilan bir qator ayol xodimalar II–III-darajali “Ichki ishlar organlarida benuqson xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 30 yilligi” esdalik nishoni, Ichki ishlar vazirligining “Faxriy yorlig‘i”, “esdalik qo‘l soati”, navbatdagi va navbatdan tashqari maxsus unvonlari, pul va boshqa mukofotlari bilan shuningdek huquqtartibot idoralarida xizmat qilib kelayotgan ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan sport musobaqasida mutloq g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sport jamoasi I-II- III darajali dimlom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Tantanali tadbir davomida, Qumqo‘rg‘on tumani ichki ishlar bo‘limi Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori podpolkovnik Polvonova Ilmira Bektimirovna Iste’foga kuzatildi.
Tantanali bayram tadbiri xushovoz xonandalar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar bayram ishtirokchilari qalbini hushnud etishdi.
Ayol- nozik qalb egasi, go‘zallik shaydosi, borliqning mo‘’jizakor hilqati, munavvar olamning chiroy ko‘zgusi, sizlarni 8 mart Xalqaro Xotin-qizlar ayyomingiz bilan muborakbod etamiz, doimo yuzingizdan kulgu, lablaringizdan tabassum, qalbingizdan bahorning chiroyi tark etmasin.
Bayrmingiz muborak bo‘lsin!
Aziz va mo‘’tabar ayollar.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Text to speech