31 Mart 2021 yil 774

Ayolning qotili eri bo'lib chiqdi

Sariosiyo tumanida 2021 yilning 23 mart kuni taxminan soat 12.00 lar chamasida, tumanning "Nilova" mahallasida yashovchi, I.Q. birga yashagan, turmush o'rtog'i, uy bekasi, B.L. ismli ayolni Sharg'un shahar tez tibbiy yordam bo'limiga, "hayot uchun xavfli bo'lgan og'ir" tan jarohati bilan olib kelganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan 23 mart kuni tuman prokuraturasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
B.L. ismli ayolga "hayot uchun xavfli bo'lgan og'ir" tan jarohatlarni kim? Va nima maqsadda etkazdi? Uning o'limi kimga kerak bo'ldi"- degan jumboqli savollar ichki ishlar organlari xodimlariga ushbu savollarga javob izlashga jinoyatni issiq izida fosh etish kerakligi mas'uliyat yuklar edi. Bu haqda esa biror bir jo'yali aniq ma'lumot yo'q. Bu savollarga aniq va asosli javob izlash, topish shart eei. Aks holda sodir etilgan jinoyat jumboqligicha qolishi tayin bo'ladi.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan B.L. ismli ayolning qasddan o'ldirilganligi holati bo'yicha, tezkor qidiruv va surishtiruv ishlari olib boriladi. Tezkor qidiruv va susrishtiruv ishlari davomida, ma'lum bo'lishicha fuqaro I.Q. bilan uning turmush o'rtog'i B.L. oilaviy kelishmovchilik sababli, ushbu jinoyatni sodir etganligi aniqlanib, 24 mart kuni O'zbekiston Respublikasi Jinoyat prosessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlanib, ehtiyot chora sifatida qamoqqa olingan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech