Avtoulovlarni xarid qilgan firibgarga jinoyat ishi qo'zg'atildi
Jarqo'rg'on tumanida 2021 yil 23 sentyabr kuni tuman IIB huzuridagi tergov bo'limining xabariga ko'ra, tumanning "Uzumzor" mahallasida yashovchi, J.Axmad, 27 mart kuni Sherobod tumani "Chuqurqo'l" mahallasida yashovchi, D.Chorining yashash uyiga borib, unga tegishli bo'lgan M-412 rusumli avtomashinani 4.500.000 (to'rt million besh yuz ming) so'mga savdolashib sotib olib, shu kunning o'zida 1.000.000 (bir million) so'm pul berib, qolgan pullarni bir oy ichida berishligini va'da qilib, avtomashinani olib ketib, hozirgi kunga qadar pullarni bermaganligi aniqlangan. Bundan tashqari, J.Axmad 2 may kuni "kamar" mahallasida yashovchi, L.Eshmurodning yashash uyiga borib, unga tegishli bo'lgan M-412 rusumli avtomashinani 4.400.000 (to'rt million to'rt yuz ming) so'mga savdolashib sotib olib, shu kunning o'zida 300.000 (uch yuz ming) so'm pul berib, qolgan pullarni hozirgi kunga qadar bermaganligi aniqlangan. 23 sentyabr kuni J.Axmadga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati