17 Oktyabr 2021 yil
462
Avtoulov yo'lovchisi o'g'irlik sodir etdi
Angor tumanida 2021 yil 26 sentabr kuni, Termiz shahri "Majnuntol" mahallasida yashovchi, I.Salim tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 26 sentabr kuniga o'tar kechasi, Spark rusumli, avtoloviga yo'lovchi sifatida chiqqan, Sherobod tumani "Boyqishloq" maxallasida yashovchi, D.Ibod bilan Bandixon tumanidan Termiz shahriga qaytayotgan vaqtida, D.Ibod avtoulov salonidan 1.800.000 (bir million sakkiz yuz ming) so'mlik "SAMSUNG J5" rusumli telefon appartini, 200 (ikki yuz) AQSh dollari va 130.000 (bir yuz o'ttiz ming) so'm pulini o'g'irlab ketganligini bildirgan. 4 oktabr kuni D.Ibodga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati