15 Oktyabr 2021 yil 403

Avtoulov salonidan o'g'irlik jinoyati sodir etildi

Oltinsoy tumanida 2021 yil 28 sentabr kuni, tumanning "Bo'ston" mahallasida yashovchi, S.Xolboy tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 27 sentyabr kuni, hovlisida turgan Neksiya rusumli, avtoulovi salonidan 600.000 (olti yuz ming) so'm pulini noma'lum shaxs o'g'irlab ketganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida, ushbu o'g'irlik jinoyatini tumanning "Bo'ston" mahallasida yashovchi, maktab o'quvchisi, K.Diyor sodir etganligi aniqlanib ushlangan va undan ashyoviy dalil olingan. 4 oktabr kuni K.Diyorga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech