20 May 2021 yil 437

Avtomashina vilkasini o'g'irlagan shaxs qo'lga olindi

Jarqo'rg'on tumanida 2021 yil 29 aprel kuni tuman IIB huzuridagi tergov bo'linmasining xabariga ko'ra, 12 aprel kuni tumanning "Qo'ldovli" mahallasida yashovchi, M.Nursulton tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda "Largus" rusumli avtomashinasiga tegishli bo'lgan 460.000 (to'rt yuz oltmish ming) so'mlik bir juft vilkalarni, yo'l chetidagi beton to'siq ustiga qo'yib, o'zi yo'lning nargi tomoniga borib kelgunga qadar noma'lum shaxs ushbu vilkalarni o'g'irlab ketganligini ma'lum qilgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan tezkor choralar natijasida, ushbu o'g'irlikni tumanning "Loyqand" mahallasida yashovchi, A.Nuriddin sodir etganligi aniqlanib ushlangan va undan ashyoviy dalil olingan. 22 aprel kuni A.Nuriddinga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atalgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech