3 Fevral 2023 yil 374

Avtomashina savdosida qalloblikka qo‘l urildi

Angor tumanida 2022 yil 17 yanvar kuni tuman IIB huzuridagi Tergov guruhidan tushgan hujjatlarga ko‘ra, Toshkent shahrida yashovchi, I.Iskandar (ism shariflar o‘zgartirilgan)  tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, u o‘z murojaatida 2021 yil dekabr oyida, tanishi Angor tumanida yashovchi Sh.Shokir tomonidan fuqaro D.Shavkatga tegishli bo‘lgan Matiz rusumli avtomashinasini 42.000.000 (qirq ikki million) so‘mga hisoblab sotib olib, avtomashinaning hujjatlarini 3 kun muddat ichida rasmiylashtirib berishini va’da qilib, shu kunga qadar avtomashinaning hujjatlarini rasmiylashtirib bermasdan kelayotganligini ma’lum qilgan. 17 yanvar kuni Sh.Shokirga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech