30 Aprel 2022 yil 310

Hashar elga yarashar

Erta tongdan mamlakatimiz bo‘ylab "Mahalla obodligi yurt farovonligi" shiori ostida umumxalq xayriya hashari boshlandi.
Hashar munosabati bilan tuman 3-sektor rahbari, tuman IIB boshlig‘i Shavkat Narmuratov tashabbusi bilan tumanning "Mehnatobod" mahallasidagi 300 metr qum yo‘llarga tosh to‘kilib tekislash ishlari olib borildi.
Tumanning barcha mahalla, ko‘chalar va guzarlarda, ijtimoiy soha obektlarida hashar uyushqoqlik bilan davom etmoqda.
Ziyoratgohlar, qabristonlar obod etilib mavsumiy gul ko‘chatlari ekildi. Ko‘cha atrofidagi daraxt va nihollar oqlanib ariqlar tozalandi.
Text to speech