2 Noyabr 2021 yil
536
Arzon uy olib berishni va'da qilgan firibgarning nayrangi fosh bo'ldi
Termiz shahrida 2021 yil 16 oktabr kuni shaharning "Guliston" mahallasida yashovchi, D.Zulayho shahar IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 17 avgust kuni tanishi Sariosiyo tumanida yashovchi, A.Aliyor, unga "Termiz shahrida qurilayotgan ko'p qavatli uylardan uy-joy olib berishini" va'da qilib, shaharning "Guliston" mahallasi hududida undan 1700 (bir yetti yuz) AQSh dollari va 5.500.000 (besh million besh yuz ming) so'm pulini olib, bergan va'dasini bajarmasdan ushbu pullarni o'zining ehtiyojlariga ishlatib yuborganligini bildirgan. 16 oktabr kuni A.Aliyorga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati