15 Iyul 2020 yil 710

Arzon narxda arpa olib berishni va'da qildi...

Termiz shahrida 2020 yil 16 iyun kuni, shaharning "Do'stlik" mahallasida yashovchi, R.S. Termiz shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilib, 2020 yilning mart oyida, Sherobod tumanida yashovchi, M.B., Sherobod tumanidan arzon narxlarda arpa mahsulotini olib berishda yordam berishni aytib, 3.700.000 (uch million etti yuz ming) so'm pullarini yashash uyidan olib ketib, arpa mahsulotini olib bermasdan olgan pullarni o'zining ehtiyojlariga ishlatib yuborganligini bildirgan. Mazkur holat yuzasidan, 9 iyul kuni M.B.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech