1 Avgust 2022 yil 450

Qarz sifatida olingan pul qaytarilmadi, natijada...

Termiz shahrida 2022 yil 19 iyul kuni shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limining xabariga ko‘ra, shaharning “Yulduz” mahallasida yashovchi, T.Shodiya 2022 yil 10 iyul kunidagi o‘zining arizasida, 2020 yilning 15 may kunida, o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan, Angor tumani “Navro‘z” mahallasida yashovchi, T.Umid Termiz shaharda, “yangi tadbirkorlik ishini yo‘lga qo‘ymoqchiligini” shu sababli unga hozirgi kunda ish boshlab olish uchun katta miqdorda pul zarurligini, agarda ishlari yaxshilanib ketsa bir oy muddatda pullarni qaytarib berishni aytib, 220.000.000 (ikki yuz yigirma million) so‘m pullarini olib, hozirgi kunga qadar qaytarib bermaganligini ma’lum qilgan. 19 iyul kuni T.Umidga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech