Qarorga_munosabat: Yosh xodimlarni tarbiyalashda murabbiylarga berilgan imkoniyat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvar kunidagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 10-son qarorining 3-bandi 1-xat boshida ichki ishlar organarida qabul qilinganlar uchun dastlabki sinov muddati bir yil etib belgilanganligi men kabi Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Patrul-post xizmati bataloni Patrul-post xizmati otryadi bo‘linma komandirlari uchun juda ham ayni muddao bo‘ldi, desam mubolag‘a bo‘lmaydi.
Chunki shu kunga qadar Ichki ishlar organlariga yangi qabul qilingan xodimlarga sinov muddati uch oy etib belgilangan edi. Bu esa ichki ishlar organlari tizimida yangi qabul qilingan xodimlarning to‘liq tizimga moslashishi va murabbiylaridan bilim va ko‘nikmalarni o‘rganib, o‘zlashtirishi uchun oz muddatligi, buning natijasida yuqori malakali xodimlarning shakllanish ko‘rsatkichining yuqori emasligiga olib kelardi.
Surxondaryo viloyati IIB JXX JTSB PPX Bataloni bo‘linma komandiri serjant R.A.Choriev