Qaror mazmun-mohiyati shaxsiy tarkibga yetkazildi
Surxondatyo viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori mazmun-mohiyatini shaxsiy tarkibga yetkazish maqsadida yig‘ilish o‘tkazildi.
Tadbir boshida boshqarma Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadarlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘ining Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari G.Rahmatova hamda Surxondaryo viloyati IIB Yuristkonsulti M.Shaymardanovlar so‘zga chiqib, ichki ishlar organlarini professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, qarorda keltirilgan talablar haqida so‘z yuritdi.
Qaror talabiga ko‘ra, IIV tuzilmasida Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti faoliyati yo‘lga qo‘yilganini, xodimlarning ma’naviy bilimlarini oshirish, fuqarolar bilan xizmat davomida xushmuomala bo‘lish tushuntirildi.
Yig‘ilish davomida, shaxsiy tarkib e’tiboriga ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan xizmat intizomi va qonunchilik buzilishini oldini olish borasidagi kodeks aks etgan infografika namoyish etildi.