5 Fevral 2022 yil 4098

IIV Surxondaryo akademik litseyi 2022-2023 o‘quv yili uchun qabul boshlanganligini e`lon qiladi.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 avgustdagi PQ 3216–son “Ichki ishlar organlarining xodimlarini tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora–tadbirlari toʼgʼrisida”gi qaroriga asosan Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining akademik litseylari tashkil etilgan.

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 26 sentyabrdagi 767-son “Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylarining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qaroriga muvofiq Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Surxondaryo akademik litseyiga oʼquvchilarni qabul qilish amalga oshiriladi.

IIV Surxondaryo akademik litseyiga umumtaʼlim muassasalarining 9-sinfini tamomlaganligi toʼgʼrisida shahodatnomaga ega boʼlgan, sogʼligi jihatidan oʼqishga yaroqli deb topilgan, dastlabki, maxsus–profissional tanlov va test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʼtgan nomzodlar oʼqishga qabul qilinadi.

Nomzodlarni qabul qilish 3 bosqichda amalga oshiriladi.

  1. Dastlabki tanlov;
  2. Maxsus-professional tanlov;
  3. Test sinovi.
  4. Dastlabki tanlov

         - taqdim etilgan hujjatlar roʼyxatga olinadi hamda ularning belgilangan talablarga muvofiqligi tekshiriladi;

         - yakka tartibda dastlabki suhbat;

         - individual-psixologik xususiyatlari (test);

         - tibbiy komissiya koʼrigidan oʼtkazish;

         2021 yilning 16 aprel kunidan 15 may kuniga qadar Nomzodlarni individual-psixologik xususiyatlarini oʼrganilishi va tibbiy komissiya koʼrigidan oʼtkazilishi tashkil etiladi.

  1. Maxsus-professional tanlov

         - yozma ish (diktant);

         - jismoniy tayyorgarlik  darajasini  aniqlash sinovi;

O‘g‘il bolalar uchun: to‘sinda (turnikda) tortilish, 100 metrga yugurish, 2000 metrga yugurish;

Qiz bolalar uchun: kuch ishlatish mashqi, 100 metrga yugurish, 1000 metrga yugurish;

         - yakka tartibdagi yakuniy suhbat;

         Maxsus-professional tanlovning bosqichlari qabul yilining 1 iyunidan 25 iyuniga qadar o‘tkaziladi.

  1. Test sinovi

         Test sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi belgilagan muddatda o‘tkaziladi.

         Mandat test natijalariga asosan e'lon qilinadi. 

         Maxsus-professional tanlov natijalari test natijalariga qo‘shilmaydi.

 Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech