17 Mart 2020 yil
1435
Qarindoshini tosh bilan urib, jinoiy javobgarlikka tortildi
Muzrabot tumanida 2020 yilning 13 mart kuni soat 18.30 lar chamasida, tumanning "Dehqonobod" mahallasida yashovchi, E.Q.ga shu mahallada yashovchi qarindoshi A.A. bilan o'zaro janjallashib qolib, uni erda yotgan tosh bilan peshona sohasiga bir marotaba urib, sud-tibbiy ekspertizasining 2020 yil 14 mart kunidagi xulosasiga ko'ra "hayot uchun xavfli bo'lgan og'ir" tan jarohati etkazgan. Natijada 14 mart kuni E.Q.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati